14 iyul 2026

ZBO Uzbekistan ishga tushdi

2026-yil 14-iyul kuni “ZBO PARADIGM” MChJ zamonaviy burg‘ulash uskunalari ishlab chiqarish zavodi qurilishini muvaffaqiyatli yakunlab, korxonani rasman ishga tushirdi. Ushbu sana kompaniya tarixidagi muhim bosqich hamda O‘zbekiston mashinasozlik sanoati rivojiga qo‘shilgan salmoqli hissa hisoblanadi.

Korxonada diametri 30 mm va undan yuqori bo‘lgan burg‘ulash quvurlari turli uch qismi qalinlashtirilgan konstruksiyalar, qulfli va API rezbali ulanishlar bilan ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, burg‘ulash qulflari, perevodniklar, burg‘ulash kolonnasi elementlari hamda buyurtmachilarning individual texnik talablariga muvofiq boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan neft-gaz, geologiya-qidiruv va konchilik sohalari vakillari, hamkorlar hamda soha mutaxassislarini ishlab chiqarish majmuamizga tashrif buyurishga taklif etamiz. Tashrif davomida ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik jarayonlar, sifat nazorati tizimi va tayyor mahsulotlar bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

“ZBO PARADIGM” MChJ siz uchun qulay vaqtda ishbilarmonlik uchrashuvini tashkil etishga hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari va mavjud ehtiyojlaringizni muhokama qilishga tayyor.

Barcha yangiliklar