Kompaniya haqida

“ZBO PARADIGM” MChJ — ilg‘or texnologiyalar va yuqori aniqlikdagi uskunalardan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqaruvchi, burg‘ilash quvurlari va asboblarining zamonaviy mahalliy ishlab chiqaruvchisidir.

Asosiy mahsulotlar

1. Po‘lat burg‘ilash quvurlari (PBQ). Tashqi diametri 30 mm va undan yuqori.

2. Payvandlab biriktirilgan qulfli po‘lat burg‘ilash quvurlari (TBPSU, TBPSN). Tashqi diametri 42 mm va undan yuqori.

3. Og‘irlashtirilgan burg‘ilash quvurlari (OBQ). Tashqi diametri 73 mm va undan yuqori.

4. Tashqi diametri 30 mm va undan yuqori bo‘lgan burg‘ilash quvurlari uchun burg‘ilash qulflari. Z-34, Z-35, Z-44, Z-45, Z-53, Z-57, Z-65, Z-66, Z-67, Z-73, Z-76, Z-86, Z-88, Z-102, T-50 va boshqa rezbali burg‘ilash qulflarini ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan.

5. Perevodniklar va burg‘ilash kolonnasi elementlari.
Tashqi diametri 30 mm va undan yuqori bo‘lgan burg‘ilash va obsadka kolonnalari uchun.

6. Turli o‘lchamdagi burg‘ilash, geologiya-qidiruv va kon-shaxta uskunalari uchun butlovchi qismlar.

7. Buyurtmachining texnik talablari bo‘yicha mahsulotlar
Buyurtmachining chizmalari, texnik talablari va konstruktorlik hujjatlari asosida konstruksion va legirlangan po‘latlardan mahsulotlar ishlab chiqarish.

Ishlab chiqarish jarayoni zamonaviy texnologiyalar va ko‘p bosqichli sifat nazorati tizimidan foydalangan holda tashkil etilgan bo‘lib, bu mahsulotning yuqori darajadagi ishonchliligi, uzoq muddat xizmat qilishi va buyurtmachilar talablariga mos kelishini ta’minlaydi.

Mahalliy ishlab chiqaruvchi sifatida biz hamkorlarimizga bir qator muhim afzalliklarni taklif etamiz:

  • raqobatbardosh va iqtisodiy jihatdan foydali narxlar;
  • tayyorlash va yetkazib berish muddatlarining qisqaligi;
  • buyurtmachi talablariga moslashuvchan yondashuv;
  • tezkor servis xizmati va texnik yordam

Biz Markaziy Osiyodagi burg‘ilash uskunalari ishlab chiqaruvchilari orasida yetakchilardan biriga aylanishni maqsad qilganmiz.

“ZBO PARADIGM” MCHJ ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va mahsulot assortimentini kengaytirish orqali mamlakatimiz sanoatining rivojlanishiga hamda O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashga hissa qo‘shib, buyurtmachilarga burg‘ilash loyihalarini amalga oshirish uchun ishonchli yechimlar taklif etmoqda.